- En
- Ru
- Uz
Tikanlilar yangi uyga ko'chishdi
Yovvoyi jayralar oilasi yangi, keng volyerda yashamoqda. Endilikda valyer tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘lib, unda g‘ayrioddiy hayvonlarning hayotini yanada yaqindan kuzatish mumkin. Volyerda barcha zarur sharoitlar mavjud: sovuq mavsumda dam olish uchun uycha, ko‘priklar, tunnel, tirmashib chiqish uchun serpantin va maxsus qumli sanitariya zonasi. Jonivorlar yangi hududning har bir qismini qiziqish bilan o‘rganmoqda - o‘zlari uchun tanish bo‘lgan muhitga ehtiyotkorona, ammo ishonch bilan moslashishmoqda. Ushbu volyerni yaratishda biz jayralarning nafaqat biologik xususiyatlarini, balki yakkalanish, xavfsizlik va tozalikka bo‘lgan ehtiyojini ham hisobga olishga harakat qildik. Tanishish uchun keling - jayralar sizni allaqachon kutmoqda! Sizni quyidagi manzillarda kutamiz:
