Toshkent hayvonot bogʻining ish jadvaliga kiritilgan oʻzgartirishlar!
Toshkent hayvonot bog‘i kassalari bugundan boshlab soat 8.00 dan 17.30 ga qadar ishlaydi
Biroq, hayvonot bogʻining oʻzi turli ekskursiyalar uchun haftasiga 7 kun 8:00 dan 19:30 gacha ochiq boʻladi.
Oʻzingiz uchun qulay fursatni tanlab, albatta tashrif buyuring va kurrai zaminning turli burchaklaridan keltirilgan va siz bilan uchrashuvni intiqib kutayotgan yoqimtoy jonivorlar bilan tanishing.
Eslatib oʻtamiz, sizga qulaylik yaratish maqsadida ikkinchi kirish joyi tashkil etilgan, u yerda katta bepul avtoturargoh mavjud.
Xush chogʻlarda xush koʻrdik.