«Qirol guli» yana Toshkent hayvonot bog‘ida.

27.09.2020    128

Yo‘q-yo‘q, biz gullarni o‘stirish bilan shug‘ullanishni boshlaganimiz yo‘q. Gap shunda-ki, 10 yillik tanaffusdan keyin ular – Zarafshon milliy tabiat qo‘riqxonasidan keltirilgan Buxoro kiyiklari jonivorlarimiz qatoriga yana kelib qo‘shilishdi.

Chiroyli shoxlari uchun bu jonivorlarga qadimda «xongul» nomi berilgan, bu esa aynan «qirol guli» degan ma'noni beradi.

Buxoro kiyigi – bu kiyiklar kichik turining eng kamyob turi hisoblanadi. U Markaziy Osiyo va Qozog‘iston hududida yashaydi va to‘qаy butazorlari bo‘lgan quruq daryolar vodiylarini o‘zlariga makon qilishgan.

Aytish kerak-ki, bu kiyiklar cho‘l sharoitida yashaydigan kiyiklarning yagona turi. Uning ratsioniga turli o‘tlar, barglar, hamda daraxt va butalar kurtaklari, shuningdek shakarqamish va qamish kiradi.

Ammo, afsuski, shakarqamish changalzorlar, yaylovlarning kesilishi va quruq daryolar vodiylarining o‘zlashtirilishi bu oliyjanob jonivorlar sonining keskin kamayib ketishiga olib keldi.

Qo‘riqxonalar tashkil etilishi va Markaziy Osiyoda xongulni ko‘paytirish bo‘yicha zoologlar olib borgan ishlar o‘z hosilini berdi: so‘nggi 20 yil ichida jonivorlarning soni 400 tadan 2700 tagacha ko‘paydi.

Toshkent hayvonot bog'i mintaqamizning milliy merosini asrab-avaylashda ishtirok etayotganidan benihoya mamnun.

Yangi mehmonlarimiz va ularning do‘stlarini tomosha qilish uchun bog‘imizga keling. Biz sizlarni kutib qolamiz.