Surikatlar - Toshkent hayvonot bog‘ining eng qiziqarli va tartibli jonivorlaridan biri

Surikatlar - Toshkent hayvonot bog‘ining eng qiziqarli va tartibli jonivorlaridan biri

Bir qarashda ular kichkina va kulgili ko‘rinadi, lekin ularning hayot tizimi juda aniq tashkil etilgan. Guruhda doim “kuzatuvchi” bo‘ladi: u orqa oyoqlarida turib, hududni nazorat qiladi, boshqalar esa o‘z ishlari bilan band — ovqatlanishadi, o‘ynashadi yoki dam olishadi. Agar u nimadir g‘alati holatni sezsa — darhol signal beradi va butun guruh tezda javob qaytaradi. Eng qiziq tomoni — har bir surikatning bu tizimda o‘z o‘rni bor. Ular har doim kim nima uchun javobgar ekanini bilishadi. Ularni kuzatar ekansiz, beixtiyor o‘ylab qolasiz: odamlar ham hayotda shunday tartibli bo‘lsa edi.