Qoidabuzar aniqlandi va jazolandi!

Qoidabuzar aniqlandi va jazolandi!

Avvalroq Toshkent hayvonot bog‘i hududida tashrif buyuruvchilardan biri sher Aleks va jayralarga tosh otgani haqida xabar bergan edik. Qoidabuzar shaxsi aniqlandi. U o‘z qilmishi uchun uzr so‘radi hamda javobgarlikka tortildi. Ichki ishlar organlari profilaktika inspektori qaroriga ko‘ra, unga 2 884 000 so‘m miqdorida jarima solindi. Voqeaga befarq bo‘lmagan barcha fuqarolarga minnatdorchilik bildiramiz. Eslatib o‘tamiz: hayvonlarga nisbatan har qanday shafqatsiz munosabat o‘z oqibatlariga ega. Jonivorlarimiz qonun bilan himoyalangan va ularga zarar yetkazgan har bir shaxs javobgarlikka tortiladi.