Toşkentda kiçik Nil timsohi aniqlandi
15-noyabr kuni baliqçilar şahar soylaridan birida noodatiy topilma — suvda kiçik Nil timsohi köringani haqida xabar berişdi
Xabarga Ekologiya va iqlim özgarişlari milliy qömitasi hamda Toşkent hayvonot boği mutaxassislari tezkorlik bilan munosabat bildirişdi. Hayvon xavfsiz tarzda tutib olinib, hayvonot boğiga olib kelindi.
Şundan söng mutaxassislar hududni közdan keçirib, yaqin atrofda boşqa sudralib yuruvçilar yöqligiga işonç hosil qilişdi. Yaxşiyamki, boşqa hayvonlar aniqlanmadi.
Eslatib ötamiz: agar siz noodatiy muhitda ekzotik hayvonga duç kelsangiz, uni özingiz tutişga yoki haydaşga urinmang. Unga zarar yetkazmang, balki topilma haqida tegişli joylarga xabar bering.
Hayvon qançalik kiçik va beozor körinmasin, unga mutaxassislar yordami kerak bölişi mumkin.
