- En
- Ru
- Uz
Tartib va tozalikni saqlashda yordam berganingiz uchun rahmat!
Toshkent hayvonot bog‘iga xush kelibsiz!
Biz har bir mehmonimizni mamnuniyat bilan kutib olamiz. Sizning tashrifingiz maroqli bo’lishini va nafaqat siz hamda boshqa tashrif buyuruvchilar balki, hayvonlarimiz uchun xavfsiz bo‘lishini istaymiz.
Iltimos, quyidagi oddiy qoidalarga rioya qiling:
- Hayvonlarga ovqat bermang — ularning har biri uchun alohida ratsion bor.
- Suratga olayotganda kamera chirog’ini yoqmang — bu hayvonlarni cho‘chitadi.
- Oyna yoki panjaralarni taqillatmang.
- Qo‘lingizni yoki barmoqlaringizni volyer ichiga tiqmang.
- Gullarga tegmang, o‘simliklarni uzmang.
- Axlat tashlamang — axlat qutilari yaqin atrofda joylashgan.
- To‘siqlar va panjaralardan oshib o‘tish taqiqlanadi.
- Maysazorlar ustida yurish mumkin emas.
- Ekspozitsiyalarga tegmang yoki ularning joyini o‘zgartirmang.
- Belgilangan joylardan tashqarida tamaki chekmaning.
Tartib va tozalikni saqlashda yordam berganingiz uchun rahmat!
Qoidalarga amal qilish orqali siz nafaqat o‘zingiz, balki boshqalar uchun ham hayvonot bog‘idagi sayrni yoqimli qilasiz.
