“Favqulotda vaziyatlarda yovvoyi hayvonlarni harakatsizlantirishda pnevmatik inyeksiya qurollaridan va va tegishli atributlardan samarali foydalanish”

Toshkent hayvonot bog‘ida ilk bor “Favqulotda vaziyatlarda yovvoyi hayvonlarni harakatsizlantirishda pnevmatik inyeksiya qurollaridan va va tegishli atributlardan samarali foydalanish” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. U Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi tashabbusi bilan o’tkazildi va mamlakatning turli hududlaridan kelgan inspektorlarni yeg’di. Tadbir ikkita asosiy qismni o’z ichiga oldi: nazariy va amaliy.
Nazariy qism doirasida seminar ishtirokchilari yovvoyi hayvonlar biologiyasi va pnevmatik inyeksion quroldan foydalanishda xavfsizlik asoslari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ldilar. Seminarni hayvonot bog‘i bosh veterinariya vrachi Maxmud Qo‘ziboyev, veterinar Rasulov Jaxongir va XT ( xavfsizlik texnikasi ) bo‘yicha muhandis Malikov Suhbatilla ishtirokida olib bordilar.
Seminarning amaliy qismida pnevmatik masofaviy inyektordan otish, shuningdek, drotiklarni to‘ldirish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Kelgusida seminar ishtirokchilari olingan bilimlarni amaliyotda mustaqil qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
‼️19-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan seminar yakunida ishtirokchilar sinovdan muvaffaqiyatli o’tib, bilimlar tekshiruvidan o‘tdilar. Ushbu tadbir ishtirokchilarning pnevmatik masofaviy inyektordan foydalanish muhimligi va uning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi samaradorligi haqida tushunchalarini kengaytirdi.