Gamadrillar: o‘ziga xos «ijtimoiy tarmoq»ga ega primatlar

Gamadrillar: o‘ziga xos «ijtimoiy tarmoq»ga ega primatlar

Agar murakkab munosabatlar faqat odamlarga xos deb o‘ylasangiz, gamadrillar bilan tanishing! Bu ajoyib primatlar hayvonlar orasidagi eng noodatiy ijtimoiy tizimlardan birida yashaydi.  Qiziqarli faktlar:  Voyaga yetgan erkak gamadrillarning hashamatli kumushrang yo’li bo‘ladi. Shu sababli ularni urg‘ochilaridan osongina ajratish mumkin.  Gamadrillar yuzlab individlardan iborat yirik jamoalarda yashaydi. Shu bilan birga, bu jamoalar ichida o‘z qoidalari va ierarxiyasiga ega bo‘lgan kichik oilaviy guruhlar mavjud.  Qadimgi Misrda gamadrillar muqaddas hayvon hisoblangan va donishmandlik xudosi Tot bilan bog‘langan. Jiddiy ko‘rinishiga qaramay, gamadrillar juda kirishimli. Ular bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash uchun ko‘p vaqt sarflashadi. Hozirda Toshkent hayvonot bog‘ida besh nafar gamadril yashaydi: Sasha, Yuval, Galiya, Parva va Stella.