Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin, O‘zbekiston!
Toshkent hayvonot bog‘i barcha yurtdoshlarimiz va mamlakatimiz mehmonlarini 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni bilan muborakbod etadi! ☺️ Ushbu bayram barchamizni ezgu ishlar qilishga, ona tabiatimizni sevishga va barcha tirik mavjudotlarga mehr va g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishga ilhomlantirsin. Sizlarga tinchlik, farovonlik, baxt-saodat va yangi yorqin kashfiyotlar tilaymiz! Bayram muborak bo‘lsin, aziz O‘zbekiston!
