Nutriya, tanishamizmi?

Nutriya, tanishamizmi?

Bu hayratlanarli, chaqqon va do'stona hayvonlar, ularni "botqoq qunduzi" deb ham atashadi. Aslida, ular juda abjir va juda ko'p qiziqarli xususiyatlarga ega: 

Nutriyaning vatani Janubiy Amerika hisoblanadi. Keyinchalik ular Yevropa va Osiyoga olib kelingan va ba'zi joylarda ular hatto yovvoyilashib, tabiatda tarqalib ketgan;

Nutriya, yirik kalamushlarga o'xshaydi, hayotini deyarli doim suvda olib boradi va ularning faolligi tunda oshadi;

Sevimli ozuqasi - suv o'simliklarining ildizi, bargi va poyasi;

Tana uzunligi 50-60 sm gacha bo'lgan voyaga yetgan nutriya 10-12 kg gacha bo'lishi mumkin;

Nutriya mo'ynasi mo‘yna chiqarish xo'jaliklarida va umuman mo'yna sanoatida juda qadrlanadi. Shuning uchun tabiatda ular xavf ostida, hayvonot bog‘ida esa bunday vaziyat bo‘lmaydi.

Siz bu jonivorlar bilan tanishmisiz? Agar yo'q bo'lsa, Toshkent hayvonot bog'iga tashrif hamma narsani tezda ijobiy tarafga o'zgartiradi.