Putrini kim tanimaydi? Putrini hamma taniydi!

Putrini kim tanimaydi? Putrini hamma taniydi!

Va bugun — men urg‘ochi fil Putri siz bilan aloqadaman. 

«Nimaga ekan?», — deb o'ylashingiz mumkin. Chunki bugun mening tug'ilgan kunim! 22 yoshga to'ldim! 

Shu baxtli 22 yilning 19 yilini Malayziyadan kelib, quyoshli Toshkent hayvonot bog'ida yashayapman.

Jajji filcha bo‘lgan vaqtimdanoq men hayvonot bog'i xodimlarining g'amxo'r qo'liga tushdim va ular meni to‘laqonli parvarish qilishmoqda.

Ular meni sog‘lom ozuqa bilan oziqlantiradilar (mening sevimli ozuqam - mevalar, sabzavotlar, guruch bo'tqasi), mening rivojlanishim va tabiiy ko'nikmalarimni rivojlantirish bilan shug'ullanadilar va qizlarga xos injiqliklarimni ko‘taradilar. «Toshkent hayvonot bog‘i fili Putri manikyur qildirdi» nomli videolavha buning yaqqol tasdig‘idir. 

Navbatdagi tug‘ilgan kunimni shu yerda, o‘zimni sevadigan va himoya qiladigan hududda nishonlayotganimdan juda xursandman. Haqiqiy baxt shu bo'lsa kerak... 

Telefon menda ekan, izohlarda tabriklaringizni kutib qolaman. Eng chiroyli izoh muallifi karmasiga +10 000 oladi. 
Boshladikmi?