Toshkent Hayvonot bog'ining 99 yilligiga bag'ishlangan tanlov!

Toshkent Hayvonot bog'ining 99 yilligiga bag'ishlangan tanlov!

Tez orada, ya'ni 24-oktabr kuni bizning sevimli Hayvonot bog'imiz o'zining 99 yilligini nishonlaydi! 

Shu munosabat bilan biz kuzatuvchilarimizga eng jozibali hayvonlar to‘plangan hududimiz bo'ylab 10 ta bepul ekskursiyalarni taqdim etmoqchimiz.

Ishtirok etish uchun post ostidagi izohlarda hayvonot bog‘ini kreativ tabriklash kifoya.

Bu video tabrik, rasm, kameraga o'qilgan she'r, fotosuratlar, muhim sana sharafiga hunarmandchilik yoki sizning yasalgan buyum yoki xohishingizga ko'ra boshqa narsa bo'lishi mumkin!