Tug'ilgan kuning bilan, sevimli Hayvonot bog'i!

1924-yilda O‘rta Osiyo universiteti zoolog olimlari tashabbusi bilan tashkil etilgan Toshkent hayvonot bog‘imiz bugun 99 yoshga to‘ldi!
Qariyb bir asrlik tarix davomida hududimiz o‘zgarib, kengayib, aholisi soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Hozir bizda 336 dan ortiq jonivor turlari yashaydigan 13 dan ortiq bo‘lim mavjud, o‘zimizning veterinariya klinikamiz, toksikologik va biokimyoviy laboratoriyalarimiz bor, hayvonot bog‘ining butun hududi talablarga javob beradi, hayvonlarning volyerlari ta’mirlangan (ba’zilari ta'mirlash bosqichida), hayvonlarni oziqlantirish, davolash va parvarish qilish tizimi 100% yo'lga qo'yilgan.
2000-yildan Toshkent hayvonot bogʻi Yevropa-Osiyo hududiy hayvonot bogʻlari va akvariumlar assotsiatsiyasi - “EARAZA” aʼzosi boʻlib, bu dunyo boʻylab xorijiy hayvonot bogʻlari bilan aloqa oʻrnatish, oʻzaro manfaatli hayvonlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, qimmatli ilmiy ma'lumotlarni olish va ulardan ishda foydalanish imkonini anglatadi.
2023-yilning boshida esa Hayvonot bog'i Janubi-Sharqiy mamlakatlar hayvonot bog'lari uyushmasiga (SEAZA) a'zo bo'ldi.
O'tgan yillar davomida bog' ko'plab yutuqlarga erishganidan juda xursandmiz va umid qilamizki, yangi g'alabalar hali oldinda!
Izohlarda tabriklaringizni kutamiz, siz esa yaqinlaringiz davrasida bugunoq tashrif buyurishingiz mumkin!